Muhammad Saloh Saudiyada o'ynagan sobiq jamoadoshi bilan uchrashdi

Оқил Абдубарноев
12 dek 2025, 13:37
"Qizillar" afsonasini "Al Hilol," "Al Nasr," "Al Ittihod," "Al Ahli" va "Al Qodisiya" klublari sotib olishga tayyor.

Misrlik hujumchi Muhammad Saloh Saudiya Arabistoni Pro-ligasining sobiq yulduzi va "Liverpul"ning sobiq sardori Jordan Xenderson bilan Londondagi yashirincha uchrashdi.

"Qizillar" afsonasi Saloh o'zining shov-shuvli intervyusidan so'ng hafta o'rtasida "Inter"ga safar uchun murabbiy Arne Slot tomonidan qaydnomaga kiritilmadi. 

Saudiya Arabistoni Pro-ligasi klublari – "Al Hilol," "Al Nasr," "Al Ittihod," "Al Ahli" va "Al Qodisiya" Salohning transferiga tayyor, deb yozadi The Telegraph.

Yaqin Sharqqa ehtimoliy transfer mish-mishlari kuchaygan paytda Saloh "Liverpul"dagi sobiq jamoadoshi Jordan Xenderson bilan G'arbiy Londondagi Skalini restoranida ovqatlandi.

Saudiya Arabistonining "Al-Ittifoq" jamoasida o'ynagan Henderson Saloh bilan taxminan 1,5 soat muloqot qilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Sun