Mudrik: "Chelsi" – fantastik ligada o'ynayotgan katta klub"

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2023, 11:00
Yarim himoyachi Mixail Mudrik "Chelsi"ga o'tganidan so'ng o'zining ilk fikrlari bilan bo'lishdi.

"Chelsi" bilan shartnoma imzolaganimdan juda xursandman. Bu fantastik ligada o'ynayotgan ulkan klub va bu faoliyatimning ushbu bosqichida men uchun juda jozibali loyiha.

Yangi jamoadoshlarim bilan tanishishdan shodman hamda Grem Potter va uning xodimlari bilan ishlash, ulardan ko'p narsalarni o'rganishni intiqlik bilan kutyapman", – dedi Mudrik "Chelsi" rasmiy saytiga.

Avvalroq 22 yoshli futbolchi "Chelsi"da o'ziga raqam tanlagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: chelseafc.com