Muammolarga duch kelayotgan MYUda himoyachi jarohat oldi

Mirjalol Normatov
18 noya 2018, 10:55
Kecha Shvetsiya safarda Turkiya termasini mag'lub etdi, 1:0.

Ushbu uchrashuvning birinchi bo'limida Viktor Lindelof jarohat oldi. Ikkinchi bo'limda u almashtirildi.

Yaqindagina futbolchi o'tgan mavsumda Shvetsiyaning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etilgandi.

24 yoshli Lindelof bu mavsum APLning o'tgan 12 turida 11 marta (10tasi asosiy tarkibda) maydonga tushgandi. Hozircha uning qachon safga qaytishi ma'lum emas.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports