Moyze Kinning otasi: "Angliyaga o'tish xato bo'ldi"

Alisher
16 noya 2019
"Everton" hujumchisi Moyze Kinning otasi Jin o'g'lining Liverpul klubiga o'tishi xato bo'ldi deb hisoblamoqda.

"Angliyaga ko'chib o'tish xato bo'ldi. Menga avvaldanoq bu transfer yoqmagan edi. Umid qilamanki, u imkoni boricha tezroq Italiyaga qaytadi", - deydi Jin.

Moyze Kin yozda "Yuventus"dan "Everton"ga o'tgan edi.

19 yoshli futbolchining liverpulliklar bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

Yosh hujumchi 2018 yildan beri Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Centro Suono Sport