Movsisyan Gibraltarga qarshi bahsda 6 daqiqada xet-trikka erishdi

Gibratlar terma jamoasi Millatlar ligasi musobaqasi doirasida Armanistonga o'z maydonida 2:6 hisobida yutqazdi.

Armanistonliklar tarkibida Yura Movsisyan pokerga erishdi. U birinchi golini 27-daqiqada kiritdi. Qolgan uchta golini esa 48, 52 hamda 54-daqiqalarda kiritib, 6 daqiqada xet-trik (umumiy poker) qayd etdi. Eslatib o'tamiz, bu jamolarning dastlabki o'yinida Gibraltar g'alaba qozongandi. O'shanda jamoa 1:0 hisobida g'alaba qozonib, o'zining tarixdagi 1-rasmiy g'alabasiga erishgan.


Manba: Sports.ru