Mourinyu va Anchelotti o'rtasidagi 8-to'qnashuvni o'tkazib yubormang!

Bugun Londonning "Tottenxem" klubi Angliya kubogi 1/8 finali doirasida "Everton" mehmoni bo'ladi.

Mersisayddagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:15 da start oladi. Mazkur bahsda asosiy intriga ikkala murabbiy - Joze Mourinyu va Karlo Anchelotti o'rtasida ro'y berishi kutilmoqda. O'z vaqtida jahonda kuchlilar reytingini boshqargan mutaxassislar faoliyatida "cho'kish" ro'y beryapti go'yo. Bundan 5-6 yil muqaddam Mourinyu, Anchelotti singari murabbiylar "Tottenxem"-u "Everton"lar yuborgan xatni pochta qutisidan olish uchun egilib ham o'tirmasdi...

Ma'lumot uchun, bugungi bahs ikkala murabbiy o'rtasidagi 8-rasmiy o'yin hisoblanadi. Portugaliyalik "benazir" Italiyaning "Karlo otasi" bilan ilk bor 2003 yilning  avgust oyida "uchrashgan" edi. "Portu" va "Milan" o'rtasidagi UEFA superkubogi uchun bahs "rossonerilar"ning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlangan, o'yin taqdirini hal qilgan yagona gol Andrey Shevchenkoning nomiga yozilgan edi.

Keyinchalik "ikki nahang" Milan derbisi, Yevropa Chempionlar Ligasi va Angliya chempionatida kuch sinashib ko'rishdi.

sana
musobaqa
mavsum
tur
uy
hisob
mehmon
13.09.2020
APL
20/21
1
Tottenxem
0:1
Everton
06.07.2020
APL
19/20
33
Tottenxem
1:0
Everton
16.03.2010
YCHL
09/10
1/16 final
Chelsi
0:1
Inter
24.02.2010
YCHL
09/10
1/16 final
Inter
2:1
Chelsi
15.02.2009
A Seriya
08/09
24
Inter
2:1
Milan
28.09.2008
A Seriya
08/095
Milan
1:0
Inter


Guvohi bo'lganingizdek, o'zaro bahslarda 3 bor Anchelotti boshchiligidagi jamoalarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 4 o'yin yakunida Mourinyu shogirdlari g'alabani tantana qilgan. Qiziqarli jihati shundaki, ikkala murabbiy o'rtasidagi bahslarda hech qachon durang natija qayd etilmagan va barcha uchrashuvlarda g'olib 1 to'p farqi bilan zafar quchgan. Demak, bugungi bahsdan shiddatli o'yin kutishimiz uchun asoslar etarlicha. Bugun ham futboldan zavq olishni istasangiz, evrofutbolning zabardast murabbiylari orasidan ajralib, mo'ysafid mutaxassislar safiga qo'shilishga ulgurgan "benazir" va "Karlo ota" o'rtasidagi "jang"ni o'tkazib yubormang!


Manba: championat.asia