Mourinyu Turkiya jamoasiga ustozlik qiladi

Sherzod Nurmatov
31 may 2024
Joze Mourinyu "Fenerbaxche"ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.

Tomonlar 2 yillik shartnoma bo'yicha kelishib oldilar. Bu haqda italiyalik insayder Janluka Di Marcio xabar bermoqda. Mourinyu Turkiya klubi bosh murabbiyi sifatida Ismoil Kartalning o'rnini egallaydi.

"Fenerbaxche" o'tgan mavsum Turkiya chempionatida 2-o'rinni egallagandi.

Portugaliyalikning so'nggi klubi "Roma" bo'lib, u jamoada 2021 yilning iyulidan 2024 yilning yanvarigacha ishlagan. Bungacha "Tottenxem", "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Real", "Inter", "Portu" va boshqa jamoalarda faoliyat yuritgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio