Mourinyu "Tottenxem"ga "Vulverxempton" futbolchisi olib kelinishini istamoqda

Mirjalol Normatov
4 okt 2020
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu klub rahbariyatiga "Vulverxempton" sardori Ruben Neveshni sotib olish sharti bilan chiqdi.

"Shporlar" ustozi uzoq vaqtdan buyon vatandoshining o'yinlarini kuzatib, bundan zavq olmoqda. Biroq 23 yoshli futbolchining "bo'rilar" bilan shartnomasi 2023 yil yozida yakuniga etadi. "Tottenxem" esa futbolchini ushbu yozdayoq sotib olishni reja qilmoqda.

Ushbu mavsumda portugaliyalik futbolchi APLda 3 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal