Mourinyu "Roma" mashg'ulotlarida dronlar va katta ekrandan foydalanmoqda

Alisher
19 iyul 2021
"Roma" mashg'ulotlar jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni jalb qildi.

Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu mashg'ulotlar davomida dronlar va katta ekrandan foydalanmoqda.

Bunday yangilik mutaxassisga vaziyatga o'sha paytning o'zidayoq munosabat bildirishga va o'yinchilarning xatolari ustida ishlashga yordam beradi.

Portugaliyalik italyan jamoasini mayda qabul qilib oldi. "Roma" o'tgan mavsum A Seriyada 7-o'rinni egalladi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia