

Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) 59 yoshli mutaxassisni terma jamoa bosh murabbiyligiga tayinlashdan manfaatdor. Tashkilot vakillari allaqachon murabbiy bilan bog'lanishgan.
FPF Mourinyuga terma jamoa va "Roma"dagi ishini birlashtirishni taklif qilmoqda. Murabbiyning o'zi bunday imkoniyatdan foydalanib qolmoqchi.
Shuningdek, Portugaliya futbol federatsiyasi U-21 terma jamoasi bosh murabbiyi Ruy Jorjeni asosiy terma jamoaga tayinlash masalasini ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Portugaliya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Fernandu Santush bilan shartnoma yaqin kunlarda bekor qilinishi haqida xabar berilgan edi.



