Mourinyu – Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod

Sherzod Nurmatov
22 dek 2022
Murabbiy jamoani boshqarishga rozi bo'lsa, "Roma" va terma jamoadagi ishni birlashtiradi.

Joze Mourinyu Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod hisoblanadi.

Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) 59 yoshli mutaxassisni Fernandu Santushga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda, deya xabar berdi Janluka Di Marcio.

FPF Mourinyudan imkon qadar tezroq javob olishni istamoqda. Agar murabbiy terma jamoani boshqarishga rozi bo'lsa, tomonlar echim topishadi, buning evaziga u terma jamoa va "Roma"dagi faoliyatini birlashtira oladi.

Portugaliya bosh jamoasi murabbiyligiga yana bir nomzod U-21 terma jamoasini boshqarayotgan Ruy Jorje bo'lib qolmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com