Mourinyu Nachoni "Roma"da ko'rmoqchi. Himoyachi uning qo'l ostida "Real"da debyut qilgan

Alisher
23 iyun 2022
"Roma" "Real" himoyachisi Nacho bilan shartnoma imzolashga urinishi mumkin.

Transferga rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyu qiziqish bildirmoqda, 32 yoshli ispan uning qo'l ostida 2013 yilda "Real" bosh jamoasiga o'tkazilgan.

"Roma"dan tashqari himoyachiga "Inter" ham qiziqish bildirmoqda.

Nacho o'tgan mavsum Madrid klubi safida 42ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es