Mourinyu A Seriya klubiga bosh murabbiy bo'lishi mumkin

Alisher
21 yanv 2024
"Roma" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Napoli"ni boshqarishi mumkin.

60 yoshli portugaliyalik mutaxassis tezroq murabbiylik ishiga qaytmoqchi. Uning kelasi hafta neapolliklar rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazishi kutilmoqda.

Mourinyu joriy mavsum davomida "Napoli"ning uchinchi murabbiyi bo'lishi mumkin. Jamoani oldinroq Rudi Garsiya boshqargan, ammo noyabrda uning o'rnini Valter Maccari egallagandi.

"Roma" 16 yanvarda Mourinyuni iste'foga chiqardi. Uning o'rnini Daniele De Rossi egalladi.

"Napoli" A Seriyada 20 turdan so'ng 31 ochko bilan to'qqizinchi o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: The Times