Mourinyo: "Moliyaviy feyr-pley eski klublarni himoya qiladi, ammo yangilariga aksincha"

Aslanov Jasurbek
2 dek 2014
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning takidlashicha, amaldagi moliyaviy feyr-pley katta klublarga yordam beradi va top darajaga intilayotgan jamoalarga halaqit qiladi.

"Moliyaviy feyr-pley barcha klublariga bir darajada raqobat qilishga sabab bo'ladi. Ammo bundan ko'rinib turibdiki, bu qaror eski klublarni himoya qiladi, lekin yangilariga aksincha ta’sir etadi.

Yangi klublar boshqa klublar bilan o'zini teng qo'ya olmaydi. Ular feyr-pley tufayli boshqa jamoalarga qarshilik qila olmaydi.

"Chelsi" - yirik, eski klub emas, ammo jamoaga yangi ho'jayin keldi deb ham bo'lmaydi. "Chelsi" rahbari bu klub bilan 10 yildan beri ishlaydi. "Ko'klar"da katta tarix va yuqori darajadagi muvozanat bor, bu borada hech kimdan qolishmaymiz" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com