Mourinyo "Liverpul" himoyachisini jamoasiga olib kelmoqchi

Оқил Абдубарноев
9 may 2022
"Roma" klubi "Liverpul"ning chap qanot himoyachisi Konstantinos Cimikasga qiziqish bildirmoqda.

Calciomercato xabariga ko'ra, 25 yoshli yunon futbolchisi "Liverpul"da tez-tez maydonga tushmaydi, biroq uning qobiliyati "Roma" rasmiylari va xususan Joze Mourinyoni hayratda qoldirgan. Rim klubi yozda Cimikasni o'z safiga taklif qilishni ko'rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, futbolchiga "Napoli" ham qiziqish bildirmoqda.

Konstantinos 2020 yilda “Olimpiakos”dan 13 million evro evaziga “Liverpul”ga o'tgan edi. Ushbu mavsumda Gretsiya terma jamoasi himoyachisi "qizillar" safida barcha musobaqalarda 22 o'yinda maydonga tushib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Calciomercato