Mourinyo faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

Оқил Абдубарноев
6 apr 2023
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Mamlakat hukumati vakillari to'g'ridan-to'g'ri mutaxassis bilan bog'lanishgan va mutaxassisga 2 yillik bitim evaziga 120 million evro taklif qilishgan. Portugaliya murabbiyga uchta jamoadan birini boshqarish taklif qilingan: Krishtianu Ronaldu o'ynaydigan "Al Nassr", mamlakat ligasining ikkinchi kuchli jamoasi "Al Ahli" va Saudiya Arabistoni terma jamoasi. Joze birinchi yildan keyin shartnomani bekor qilish huquqiga ega bo'ladi. Agar Mourinyo ushbu taklifni qabul qilsa, futbol tarixidagi eng ko'p maosh oluvchi murabbiyga aylanadi. Mutaxassis bu taklif haqida o'ylab ko'radi, ammo u "Roma"da qolishni istamoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Corriere dello Sport