Mourinyo: “Bundesliga professional tarzda ishladi, biz esa yo'q”

Eldor Akmurzayev
27 may 2020
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyo restart olgan Germaniya chempionati haqida gapirdi.

“Rosti, Bundesliga boshlangandan so'ng, portugaliyaliklar va ispaniyaliklar chempionatlarning qayta boshlanish sanasini e'lon qilishdi. O'ylashimcha, hozir biz uchun eng og'ir palla, boisi, o'ynashni xohlaymiz. Boshqa mamlakatlar futbol o'ynayotganini kuzatish og'ir, biz esa bunga erisha olmayapmiz.

Nemislar professional tarzda yondoshishdi va shu tufayli dunyoga ular yoqtirgan narsani ulashmoqda, biz esa yo'q. Albatta, hukumatning qarorini hurmat qilamiz, ularga hamda Premer-ligaga ishonamiz. Biz shunchaki qarorni kutishimiz zarur, ular bizga vaqti keldi deb aytganidan keyin esa biz bajonidil ishga kirishamiz”, deydi portugaliyalik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports