Motta jarohat tufayli "Lion"ga qarshi Fransiya Superkubogi uchun uchrashuvda PSJga yordam bera olmaydi

Aslanov Jasurbek
1 avg 2015
PSJ yarim himoyachisi Tyago Motta jarohat tufayli "Lion"ga qarshi Fransiya Superkubogi uchun bahsda o'z klubiga yordam bera olmaydi.

Bu haqda parijliklar bosh murabbiyi Loran Blan ma'lum qildi. Uchrashuv bugun tunda bo'lib o'tadi.

"Mottaning jarohati bor, u "Lion" bilan o'ynay olmaydi. Ammo PSJ o'yinga to'liq tayyor bo'lishiga so'z beraman. "Lion" ham bizga qarshi yaxshi tayyorlanganini bilaman. Uchrashuvni hal qila oladigan futbolchilarimiz bor - ularning har biri o'zini ko'rsatishiga umid qilaman" - deydi Blan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com