

Xabaralarga ko'ra, ikkala futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. Motta 11 fevraldan beri o'ynayotgani yo'q, u "Nant"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan edi. Kabay esa "Kan"ga qarshi o'yinda mushaklarini shikastlab olgan. Serj Ore va Lukas Moura ham davolanishda davom etyapti. Zlatan Ibragimovich esa diskvalifikaciya tufayli "Monako"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.



