Montolivo Bonuchchidan sardorlik bog'ichini olib qo'yishni istamadi

Aslanov Jasurbek
23 okt 2017
"Milan" himoyachisi Leonardo Bonuchchi avvalroq yarim himoyachi Rikkardo Montolivo osib yurgan sardorlik bog'ichini berib yubormoqchi edi.

A Seriyaning 6-turida "Sampdoriya"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Bonuchchi jamoadoshlariga shunday degan: "Agar muammo menda bo'lsa, mana bog'ich". Keyin himoyachi uni Montolivoga qaytarmoqchi bo'lgan, biroq xavbek buni rad etdi.

Eslatib o'tamiz, Leonardo Bonuchchi "Jenoa"ga qarshi A Seriyaning 9-tur uchrashuvida qizil kartochka olgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport