"Monako" va "Lion" Fransiya chempionati doirasida Xitoyda o'yin o'tkazishi mumkin

Alisher
22 okt 2021
Liga 1 rahbariyati Fransiya chempionati doirasidagi "Monako" - "Lion" o'yinini Xitoyda o'tkazishmoqchi.

Agar reja amalga oshsa, o'yin Shanxayda bo'lib o'tadi. Liga 1 23-tur doirasidagi "Monako" - "Lion" bahsi 2022 yilning 6 fevralida bo'lib o'tishi kerak.

O'tgan mavsum liga translyatsiyasini sotish bilan bo'lgan muammo sabab rahbariyat yangi bozorlarni qidirmoqda. Liga 1 o'yinni Shanxayda o'tkazish taklifini qabul qiladi.

"Lion" prezidenti Jan-Mishel Ola va "Monako" vice-prezidenti Oleg Petrov bu loyihani maqullashdi. Ikki klubning ham Xitoy bilan aloqalari bor.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe