Mohamed Salah rasman "Chelsi" futbolchisiga aylandi
"Chelci" klubi rasmiy sayti "Bazel"klubi yarim himoyachisi Mohamed Salahni rasman klub a'zosiga aylanganini ma'lum qildi.
Ushbu futbolchi "aristokratlar" bilan 5,5 yillik shartnoma imzoladi. 21 yoshli futbolchi "Chelsi" uchun 12,5 million funtga tushgan bo'lsa, qo'shimcha ravishda "Bazel" yana 2 million funt oladi.