Mixed Zone: Yuito Suzuki: "Turnir to'purari bo'lish axamiyatsiz holat"

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022
Xabaringiz bor yurtimizda U-23 Osiyo kubogi bahslari yakunlanmoqda va bir necha soatlar oldin ushbu turnirning 3 o'rin uchun Yaponiya - Avstraliya (3:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindan so'ng Yaponiya jamoasi yetakchisi va turnir to'purarlaridan biri Yuito Suzuki (3ta gol) bilan suhbatlashdik.

- Turnir borasida fikrlaringiz va kelajakdagi rejalaringiz haqida.

- Hozirda asosiy maqsadim jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish. Buning uchun ushbu musobaqa men uchun zo'r imkoniyat bo'ldi. Bu turnirdan faqat ijobiy xotiralar qoldi.

- Navbatdagi Osiyo kubogi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beradi va Siz jamoadoshlaringiz bilan birga o'yinlar o'tkazib tajriba to'playapsiz. Bu holat keyingi turnirga qanday ta’sir qiladi deb o'ylaysiz?

- Hozir bu biz uchun muhim emas. Ayni damda futbolchiga o'z jamoasiga qaytib, individual tartibda o'sishi muhimroq. Shu sababli oldimga olimpiya termalari emas, balki, milliy jamoa yetakchilaridan biri bo'lishni maqsad qilib qo'yganman.

- Agar siz turnir to'purari deb tan olinsangiz o'zingizni qanday xis qilasiz?

- Men uchun turnir to'purari bo'lish axamiyatsiz holat. Eng muhimi - turnir davomida gollarim bilan jamoam g'alabalariga hissa qo'shdim.

Uchqun Azimov suhbatlashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia