

Ushbu uchrashuvdan so'ng "Paxtakor" futbolchisi Abbos Fayzullaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"G'alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman. O'ylaymanki, bu uch ochkoga loyiq edik. Oldindagi 3ta bellashuvga yanada yaxshiroq tayyorlanishimiz talab etilardi. Mashg'ulotlardagi ishlanmalarni rasmiy o'yinda ko'rsatdik.
Birinchi navbatda o'z o'yinimizni o'ylashimiz kerak. Raqiblarni yutqazishi, ochko yo'qotishi ikkinchi masala. Chempionlik uchun imkoniyatimiz bor ekan oxirigacha kurashamiz",- deydi Abbos Fayzullaev.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi



