Mishel Platini: “Hakamlar o'z kuchlariga tayanishlari kerak, texnologiya yordamiga emas”

Tolibjon Qosimov
30 avg 2013, 15:17
UEFA prezidenti Mishel Platini yana bir karra futboldagi takroriy videoga qarshi chiqdi.

- Men bir necha marotaba futbolda qanaqadir texnologiyalarni ishlatishga qarshi chiqqanman. Endi o'yindan tashqari holatni aniqlaydigan tizimni ham yo'lga qo'yishmoqchi va shunga o'xshash boshqa tizimlarni ham qo'llashmoqchi. Hakamning texnik tizimlardan yordam kutishi noto'g'ri ish. Hakamlar o'z kuchlariga tayangan holda o'yinni boshqarishlari kerak, - deydi UEFA prezidenti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru