

"Jamoaga Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy etib tayinlandi. Buni yaxshi qabul qildik. Uni murabbiy sifatida "Guliston" va "Navbahor"dagi faoliyati orqali bilamiz. Ashurmatov yosh va izlanuvchan mutaxassis. Uning o'zi ham futbol o'ynagan shu tomonlama bizga osonroq bo'lmoqda. "Andijon" jamoasi men uchun begona emas. Shu bois tezda qo'shilib ketdim. Bu erda do'stlarim va tanishlarim juda ko'p. Muxlislar ham juda talabchan", - deydi Mirzakamol Kamolov.



