Mirzahakim To'xtamirzaev: “Xorijdagi ishqibozlar sabriga qoyil”

Omonjon To`xtamirzayev
10 dek 2014
Mashhur sport sharhlovchisi va jurnalist Mirzahakim To'xtamirzaev “Dunyo bo'ylab” teleradiokanalining “Dunyo mashhurlar nigohida” ko'rsatuvi mehmoni bo'ldi.

Suhbat chog'ida Mirzahakim To'xtamirzaev xorijiy mamlakatlar futbol ishqibozlarining uchrashuvlar vaqtida o'zini tutishi to'g'risida fikr-mulohalarini bildirdi. 

“Misol uchun Germaniya klubi ishtirokidagi uchrashuvda mezbonlar 6 ta gol qo'yib yuborgan, har bir goldan so'ng, vaziyatni o'nglash maqsadida oldinga borar va qarshi hujumni o'tkazib yuborardi. E'tiborlisi, mezbon jamoa ishqibozlari uchrashuv oxirigacha kyetib qolishmadi, final hushtagidan keyin esa jamoa futbolchilarini olqishlab, biz sizlarga ishonamiz, hali hammasi oldinda, degandek bo'lishdi. 

Bizda esa bazan ayrim muxlislar o'zlarini tuta olmay qolishadi. Bor alamlarini futbolchilar va hakamdan olishadi. Vaholanki, ularning gaplari futbolchi va hakamning ko'ngliga og'ir botishini o'ylashmaydi ham. Aslida, futbol odamlar xordiq chiqarishi, zavq olishi uchun yaratilgan bir o'yin, xolos”, - dedi Mirzahakim To'xtamirzaev. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia