Mirko Yelichich yana "Paxtakor"ga qaytdi!?

Narzulla Saydullayev
2 dek 2013
O'z vaqtida O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Paxtakor" klublarida ishlagan murabbiy Mirko Yelichich yana mamlakatimizda ish boshlaydigan ko'rinadi.
Jismoniy tayyorgarlikka javob beradigan avstraliyalik Yelichich "Paxtakor" rahbariyati bilan muzokara o'tkazish uchun kecha Toshkentga uchib kelgan.

Bu murabbiy 2007 yil Osiyo kubogida O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabida bo'lgan. Avstraliyalik mutaxassis O'zbekistonda oila qurgan bo'lib, bugunda Gonkongda istiqomat qilayotgan edi. Mirko Yelichich, o'zbek futbolida faoliyat olib borgan eng kuchli mutaxassislardan biri hisoblanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia