Mirahmadov safga qaytdi, Shukurov ham mashg'ulotlarda "Bunyodkor" "Navbahor" bilan uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2020
"Bunyodkor" jamoasi Coca Cola Superliga 8-turidan o'rin olgan "Navbahor" bilan o'yinga qizg'in ravishda hozirlikni davom ettirmoqda.

"Bunyodkor" kechagi mashg'ulotlarni to'liq tarkib bilan o'tkazdi. Jarohatlangan Mirjahon Mirahmadov umumiy guruhga qaytdi va jamoa bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Shuningdek, ayni paytda yurtimizda bo'lib turgan Otabek Shukurov ham sport formasini ushlab turish maqsadida "Bunyodkor" jamoasida shug'ullanmoqda.  Quyida kechagi  mashg'ulotlardan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.












Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати.