Minsk, Almati va yana 7ta shahar UEFA Superkubogi-2020 mezboni bo'lmoqchi

Aslanov Jasurbek
16 yanv 2018
UEFA 2020 yilgi Yevropa Superkubogi uchrashuvi mezbonligiga davogar shaharlardan arizalarni qabul qilishni davom ettirmoqda.

Bugungacha 9ta shahar mezbonlik huquqini qo'lga kiritish bo'yicha o'z arizasini taqdim etgan. Tanlov jarayoni 2017 yilning 8 dekabr kuni boshlangan edi. 


Davogar shaharlar:

Albaniya, Tirana, “Milliy” stadion

Belarus, Minsk, “Dinamo” stadioni

Isroil, Xayfa, “Sammi Ofer” stadioni 

Qozog'iston, Almati, “Milliy” stadion

Moldova, Kishinyov, “Zimbru” stadioni

Portugaliya, Portu, “Dragau” stadioni

Shimoliy Irlandiya, Belfast, “Uindzor Park” stadioni

Finlyandiya, Xelsinki, “Olimpiyskiy” stadioni 

Fransiya, Nicca, “Stad-de-Nis” stadioni

Yuqorida nomlari keltirilgan shahar stadionlari shu yilning 29 martiga qadar barcha hujjatlar bilan taqdim etishlari shart. UEFA Superkubogi-2020 mezboni shu yilning may oyida e'lon qilinadi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba:

O'xshash yangiliklar