Minori Sato Qatar Yulduzlar ligasida o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
23 dek 2016, 11:34
"Bunyodkor" klubi sobiq yarim himoyachisi Minori Sato Qatar Yulduzlar ligasi ishtirokchisi "Al-Muaydar"da o'ynaydi.

Bu haqda o'zbekistonlik taniqli agent Sanat Sharipov "Tvitter"dagi sahifasi orqali e'lon qildi.

Hozircha Qatar Yulduzlar ligasi va klub saytida bunday ma'lumot yo'q. Oldinroq "Bunyodkor"ning barcha legionerlari klubni tark etgan edi.

Ayni damda "Al-Muaydar" Qatar chempionati turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallab turibdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia