Taniqli futbol agenti Mino Rayola vafot etdi

Alisher
28 apr 2022
Taniqli futbol agenti Mino Rayola vafot etdi.

Asli kelib chiqishi italiyalik bo'lgan 54 yoshli niderlandiyalik kasallikdan so'ng ko'z yumdi.

Rayola Zlatan Ibragimovich, Pol Pogba, Erling Xoland, Janluiji Donnarumma va boshqa bir necha o'yinchilarning agenti edi.

Rayola yanvar oyida Milanda shoshilinch kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgandi, keyinchalik uning atrofidagi insonlar bu ma'lumotni rad etishgandi: "Mino anesteziya yordamida oddiy tibbiy ko'rikdan o'tdi. Bu rejali tekshiruv, hech qanday favqulotda narsa bo'lmadi".


AlisherMuallif
Manba: tg.la7.it