Mini-futbol bo'yicha U-16 O'zbekiston chempionati: Yirik hisoblar davom etyapti

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2018
Buxoro viloyati Kogon shahridagi BO'SM sport zalida 16 yoshli o'smirlar o'rtasida mini-futbol bo'yicha mamlakat chempionati o'tayotganligi haqida avval xabar bergandik.

Kecha musobaqaning chorak final o'yinlari o'tkazildi. Guruh o'yinlarida bo'lgani kabi, kuchli jamoalar bahslarida ham yirik hisoblar qayd etilmoqda.

Chorak final. 25 yanvar

Buxoro – Namangan – 8:3
Jizzax – Toshkent v. – 9:1
Surxondaryo – Farg'ona – 6:12
Qashqadaryo – Xorazm – 8:6

Bugun musobaqaning yarim final o'yinlari bo'lib o'tadi. Unda quyidagi jamoalar o'zaro bahs olib borishadi:

Yarim final. 26 yanvar

Buxoro – Qashqadaryo
Farg'ona – Jizzax
 
3-o'rin uchun va final. 27 yanvar.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com