Minamino – APLda gol urgan ettinchi yaponiyalik futbolchi

Eldor Akmurzayev
19 dek 2020, 20:50
Takumi Minamino Angliya chempionati 14-turi doirasida o'tgan “Kristal Pelas” – “Liverpul” (0:7) o'yinida hisobni ochgandi.

Bu Takumining chempionatdagi dastlabki goli sifatida yozildi va u bunday natijaga erishgan 7-yaponiyalik futbolchiga aylandi.

Avvalroq, Sinzi Okazaki, Sinzi Kagava, Maya Yoshida, Dzyuniti Inamoto, Yoshinori Muto va Xidetoshi Nakata ham Premer-ligada to'p kiritgan.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru