Millatlar ligasi. Gollandiya hal qiluvchi bahslar uchun qaydnomani e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
28 may 2019
Millatlar ligasining yarim finalida Gollandiya termasi 6 iyun kuni Angliyaga qarshi to'qnash keladi.

Musobaqaning hal qiluvchi o'yini hamda uchinchi o'rin uchun uchrashuv esa 9 iyun sanasiga belgilangan. Mazkur bahslar uchun,  Ronald Kuman quyidagi futbolchilarni qaydnomadan o'tkazgan:

Darvozabonlar – Kennet Vermer (Feenoord), Yasper Sillessen (Barselona, Ispaniya), Marko Bizot (AZ); 

Himoyachilar – Virjil van Deyk (Liverpul, Angliya), Matteys de Ligt, Deyli Blind (ikkalasi – Ayaks), Patrik van Anxolt (Kristal Pelas, Angliya), Stefan de Vrey (Inter, Italiya), Natan Ake (Bornmut, Angliya), Denzel Dyumfris (PSV), Xans Xatebur (Atalanta, Italiya); 

Yarim himoyachilar – Jorjino Veynaldum (Liverpul, Angliya), Tonni de Vilena (Feenoord), Marten de Ron (Atalanta, Italiya), Devi Propper (Brayton, Angliya), Kevin Strotman (Marsel, Fransiya), Frenki de Yong, Donni van de Bek (ikkalasi – Ayaks), Kvinsi Promes (Sevilya, Ispaniya);

Hujumchilar – Rayan Babel (Fulxem, Angliya), Memfis Depay (Lion, Fransiya), Lyuk de Yong (PSV), Steven Bergveyn (PSV).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia