Milito: "Jozening A Seriyaga qaytishi - italyan futboli uchun juda yaxshi"

Alisher
5 may 2021
"Inter" sobiq forvardi Diego Milito Joze Mourinyuning "Roma" bosh murabbiyiga aylangani haqida gapirdi.

"Jozening A Seriyaga qaytishi - italyan futboli uchun juda yaxshi. Men Mourinyuning "Inter"ga qaytishini xohlardim, o'ylaymanki, u ishlagan har qanday klubida muvaffaqiyat qozonadi. Umid qilamanki, u "Jenoa" va "Inter"ga qarshi o'yinlarga qadar ulgurmaydi, ammo unga omad tilayman.

Joze har bir futbolchidan maksimal tarzda foydalanishni biladi, aynan shu sabab u dunyoning eng yaxshi murabbiylaridandir.

"Inter"ning chempionligi? Men juda ham mamnunman, bunday klub doim sovrinlar uchun kurashishi kerak. Bu sovrin "Yuventus" erasining yakunlanganini bildiradi, "Inter" bunga loyiq", - deydi Milito.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia