"Milan" va "Inter" "Bavariya" futbolchisi uchun kurashadi

Aslanov Jasurbek
2 mar 2018
"Milan" va "Inter" yozgi transfer oynasida "Bavariya" yarim himoyachisi Arturo Vidal uchun kurashishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, Vidalning nemis grandi bilan shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi. Myunxenliklar yozda "Shalke" yarim himoyachisi Leon Goreckani xarid qilishi haqida e'lon qildi va markaziy zonani yoshartirishni istamoqda. Vidalning o'zi ham Italiyaga qaytishga qarshi emas, u kelasi mavsum Chempionlar ligasida o'ynaydigan jamoada o'ynamoqchi.

Joriy mavsum 30 yoshli yarim himoyachi Bundesliganing 19ta uchrashuvida maydonga tushib, 6ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport