"Qo'qon-1912": Milan Spremo bilan shartnoma bekor qilindi

Narzulla Saydullayev
21 may 2018, 15:17
Jamoaning serbiyalik legioner futbolchisi Milan Spremo o'z yurtiga jo'nab ketdi.

Futbolchining sog'ligida muammo yuzaga kelganligi bois , u o'z vatanida davolanishni ixtiyor qildi.  Futbolchining jamoa bilan o'rtadagi shartnomasi har ikki tomonning roziligi bilan bekor qilindi.

Spremo qisqa muddat "Qo'qon-1912"da to'p surgan bo'lsada muxlislarning yoqimtoy futbolchisiga aylanib ulgurgan edi. Inson salomatligi hamma narsadan ustun ekanligini hisobga olgan holda jamoa murabbiylar shtabi  uning o'z yurtida davolanishiga ruxsat berdilar.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz