"Milan" "Real" futbolchisi bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
1 iyul 2019
"Real" himoyachisi Teo Ernandes "Milan"ga o'tishga yaqin turibdi.

"GianlucaDiMarzio.com" xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchining transfer narxi 20 million evro bo'ladi. Qayd etilishicha, fransiyalik futbolchi ayni damda Milanda. Ertaga u yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Teo 2017 yilda "Real"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda u "Real Sosedad"da ijara asosida 28 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: GianlucaDiMarzio.com