"Milan" "Portu" yarim himoyachisi uchun davogarlik qilmoqda

Alisher
24 avg 2021
"Portu" yarim himoyachisi Xesus Korona "Milan" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Portugaliya klubi bir yildan so'ng shartnomasi yakunlanadigan Meksika terma jamoasining 28 yoshli o'yinchisi bilan xayrlashishga qarshi emas.

"Ajdarlar" futbolchi uchun 13 million evro so'rashmoqda. Oldinroq, uning xizmatlariga "Sevilya" ham qiziqish bildirgandi.

Korona o'tgan mavsum Portugaliya chempionati doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport