“Milan” o'z sardorini “Pari-Sen-Jermen”ga qo'yib yubormaydi
Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2018, 09:51
“Milan” sardori Leonardo Bonuchchi Fransiyaning PSJ klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Parijliklar 31 yoshli himoyachining transferi bo'yicha “Milan”ga murojaat qilishdi. Lekin "rossonerlar” bu taklifga rad javobini berishdi. Bir yil avval Bonuchchi 42 million evro evaziga “Yuventus”dan “Milan”ga ko'chib o'tgan edi.