"Milan" Origini APLga qaytardi va o'rniga boshqa hujumchi oldi

Mirjalol Normatov
1 sen 2023
Hujumchi Luka Yovich "Milan"ga o'tishga yaqin.

Insayder Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, "rossoneri" "Fiorentina" bilan transfer borasida kelishib olgan. Futbolchi tekinga bir mavsum ijarada o'ynaydi.

Shu bilan birgalikda milanliklar Divok Origi bilan xayrlashadi. U "Nottingem Forest"ga tekinga ijaraga beriladi. U yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tish arafasida turibdi.

Shuningdek, "Nottingem"ga 2024 yil yozida futbolchini sotib olish imkoniyati beriladi.

Yovich 2022 yil yozida "Real"dan "Fiorentina"ga o'tgan va A Seriyada 6ta gol urgandi. Origi ham bir yil oldin erkin agent sifatida A Seriya klubiga o'tdi va Italiya chempionatida ikki marta raqiblari darvozasini ishg'ol qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano

O'xshash yangiliklar