"Milan" "Nyukasl" himoyachisi Sherni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
6 apr 2022, 14:44
"Milan" "Nyukasl" himoyachisi Fabian Sherga qiziqish bildirmoqda.

Italiya klubi 30 yoshli shveytsariyalikni Alessio Romanoli jamoani yozda erkin agent maqomida tark etgan taqdirda, unga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Sher 2021/22 yilgi mavsum "Nyukasl" tarkibida 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Romanoli kabi futbolchining klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Goal