Milan Mitrovich "So'g'diyona" bilan shartnomasini 2 yilga uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
1 yanv 2021
Serbiyalik darvozabon Jizzax klubi sharafini himoya qilishda davom etadi.

U klub bilan 2024 yilgacha mo'ljallangan kelishuv tuzdi.

Milan "So'g'diyona"ga 2018 yilgi mavsumning ikkinchi davrasida Shimoliy Makedoniyaning "Sileks" jamoasidan kelgandi. U o'shandan buyon jizzaxliklar darvozasini ishonchli tarzda qo'riqlab kelmoqda. 

30 yoshli posbon o'tgan mavsumda 19 o'yin o'tkazib, shulardan 12 tasida gol o'tkazib yubormadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia