​“Milan” ketma-ket ikkinchi marta Italiya kubogi yarim finaliga chiqdi

Kecha “Milan” “Napoli”ni Kshishtof Pyontekning dubli evaziga mag'lub etib, Italiya kubogi yarim finaliga chiqdi.

Bu “rossonerilar”ning so'nggi 7 yil ichida ketma-ket 2-marta Italiya kubogi yarim finaliga chiqishi bo'ldi.

Jamoa 2010/11 va 2011/12 yilgi mavsumlarda ham yarim finalga chiqqan biroq finalga yo'l ola bilmagandi.

O'tgan mavsumda esa klub finalga chiqib, yakunda “Yuventus”ga 0:4 hisobida yutqazdi.


Manba: Championat.asia