“Milan” futbolchisi “Roma”ga o'tadigan bo'ldi

21 may 2020, 07:31
Jakomo faoliyatini Rimda davom ettiradi.

“Milan” futbolchisi Jakomo Bonaventura “Roma” bilan kelishuvga erishdi. Futbolchi “rossonerilar” safini tark etib, rimliklar tarkibiga erkin agent sifatida borib qo'shiladi.

“Milan” Jakomo bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilgan.

Bonaventuraning xizmatlariga “Roma”dan tashqari “Atalanta”, “Torino” va “Arsenal” ham qiziqish bildirayotgan edi.


Manba: Corriere dello Sport