"Milan" Florenci bilan kelishuvga erishdi va "Roma"dan himoyachini xarid qiladi

Alisher
11 iyun 2022
Himoyachi Alessandro Florenci faoliyatini "Milan"da davom ettiradi.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

"Milan" Florencini 2021 yilning yozida "Roma"dan keyinchalik xarid qilish huquqi bilan ijaraga olgandi. Himoyachi yakunlangan mavsum "Milan" tarkibida 30ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va Italiya chempioniga aylandi.

Florenci "Milan" bilan uch yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Klub tez orada futbolchining xaridini e'lon qiladi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira