"Milan" Chalxanoglu bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda

Alisher
7 iyun 2021
"Milan" yarim himoyachi Xakan Chalxanoglu bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, tomonlar tez orada yangi kelishuv bo'yicha muzokaralarni davom ettirishadi.

Oldinroq xabar berilganidek, "Yuventus" 27 yoshli Chalxanogluga yiliga 5 million evrolik shartnoma taklif qildi.

Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 12ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport