Mikautadze Evro guruh bosqichining barcha o'yinlarida gol urgan 9-futbolchiga aylandi

Omonjon To`xtamirzayev
28 iyun 2024
Gruziya terma jamoasi hujumchisi Giorges Mikautadze Yevropa chempionati guruh bosqichining har bir uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo'ldi.

U musobaqa rekordini takrorladi. Bu Evro tarixida shu kabi 9-voqea sifatida qayd etildi.

Avvalroq, Mishel Platini (Fransiya, 1984), Alan Shirer (Angliya, 1996), Xristo Stoichkov (Bolgariya, 1996), Savo Miloshevich (Yugoslaviya, 2000), Rud van Nistelroy (Niderlandiya, 2004), Milan Barosh (Chexiya, 2004), Garet Beyl (Uels, 2016) va Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, 2021) guruhning barcha o'yinlarida kamida bitta gol urgan.

Mikautadze uchta gol bilan Evro-2024 guruh bosqichi to'purari bo'ldi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia