Mezbon hakamlar ishlaydigan uchrashuvda O'zbekiston Isroilga qarshi to'liq oq libosda o'ynaydi

Alisher
30 may 2023
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Jahon chempionatining nimchorak finalida Isroilga qarshi o'yin o'tkazadi.

Uchrashuvda futbolchilarimiz to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa to'q sariq libosda harakatlanadi.

Mazkur bahsda bosh hakam sifatida Falkon Yael (Argentina) ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Del Esso Maksimiliano va Rodrigez Fakundo yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Lopez Kastelyanosga (Gvatemala) topshirilgan. 

Eslatib o'tamiz, uchrashuv 31-mayga o'tar kechasi soat 02:00 da start oladi.


AlisherMuallif
Manba: https://t.me/FAUzbekistan